AsosiyJamiyat

Jomda eski masjid va aholi tomida saqlanayotgan "xazina" aniqlandi

'Jomda eski masjid va aholi tomida saqlanayotgan "xazina" aniqlandi'ning rasmi

Nurobod tumani Jom qishlog`idagi eski masjidning ta`mirlash ishlari jarayonida tokcha tagidan gazetaga o`ralgan kitoblar va qo`lyozmalar topildi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan tarixchi olim Faxriddinxo`ja Ashrafxo`jaev boshchiligida O`zbekiston Milliy universitetidan manbashunos olimlar chaqirtirildi. Olimlar kitoblarni nechinchi asrga tegishli ekanligini aniqlashdi.

Faxriddinxo`ja Ashrafxo`jaev boshchiligidagi "Fidoyi yoshlar ekspedisiyasi" a`zolari topilma kitoblarni o`rganishga kirishdi.

Manbashunos olimning ta`kidlashicha, topilma kitoblar Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmatlari», Tajvid qoidalari, Qur`on oyatlari, Payg`ambarlar tarixi, Abdurahmon Jomiy va Amir Temurning bobokaloniga tegishli asarlar ekan.

Sho`rolar davridan eson-omon saqlash maqsadida turli usullar yordamida shunday durdona asarlar ehtiyot qilingan.



Mavhum tuyulgan kitoblarning nomlari tezda aniq bo`lganini ko`rgan aholi ekspedisiya a`zolarini uylariga taklif qilishdi. 1937-yilda tavallud topgan Mavlon bobo Jabborov, 71 yoshli Zeboxon Quddusova shular jumlasidan.



— Biz Qudratova Zubayda opaning tomida saqlanayotgan bir sandiq nodir asarlarni o`rganishga kirishdik, - deydi "Fidoyi yoshlar ekspedisiyasi" a`zolari. Sandiq ichida nodir asarlar saqlanayotgan ekan.



Suvonov Luqmon ota va Qudratova Zubayda ayalarning xonadonidan chiqgan bir sandiq kitoblarga mutaxassislar tomonidan birma-bir sharx berib o`tildi.



Ular sandiqda Fiqh, Tafsirotul Solofiy, Arab tili lug`ati, Amir Temurning ona tarafidan bobolari shayx G`iyosiddin asarlari va Motrudiyning Kalomi imomiyasining 2 jildi saqlanayotganligini ma`lum qilishdi.



Yana bir xonadonda O`zbekiston yoshlar ittifoqining "Fidoyi yoshlar ekspedisiyasi" tadqiqotni davom ettirdi. Qabrdan topilgan qo`lyozmalar Yoshlar ittifoqi tomonidan tadqiq qilindi.



Jom qishlog`ida yashovchi arxeolog ham o`z topilmalari bilan ekspedisiya a`zolarini tanishtirdi. Anchayin turdagi tangalar ichidan Makedonskiy period vremeni tangalari va muxrlar saqlanayotganligi ma`lum bo`ldi.

«Fidoyi yoshlar ekspedisiyasi» a`zolari o`rganishlariga ko`ra, masjid o`rtasida joylashgan ustun hijriy 1211-yilda usta Sodiqov tomonidan bunyod etilgan.



Jom qishlog`ida istiqomat qiluvchi bir guruh yoshlar eski masjiddan kutubxona sifatida foydalanish haqida taklif bilan chiqishdi.



- Umuman olganda masjid ham, kutubxona ham ziyo maskani. Hatto ilm olish darajasi dlyadat amallaridan ham ziyodaroq e`tirof etiladi. Shuning uchun ham yosh avlod bundayin ilm maskanlaridan bahramand bo`lib, xalqni koriga yaraydigan, barkamol shaxslar bo`lib etishib chiqishsa, yomon bo`lmaydi, - deydi tadqiqot rahbari Faxriddinxo`ja Ashrafxo`jaev.



O`zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi ushbu masjidda kutubxona tashkil etishni zimmasiga oldi.

    Boshqa yangiliklar