AsosiyJamiyat

Toshkent ko`chalarida 30 dan ortiq yangi avtomatlashgan radarlar o`rnatiladi

'Toshkent ko`chalarida 30 dan ortiq yangi avtomatlashgan radarlar o`rnatiladi'ning rasmi

Toshkent ko`chalarida 30 dan ortiq yangi avtomatlashgan radarlar o`rnatiladi, deb xabar qilmoqda IIBB.

«Bugun ushbu radarlarning to`rttasi ishga tushdi. Yangi radarlar yo`llarda tezlikni oshirayotgan haydovchilar bilan kurashish uchun o`rnatilmoqda. Ular yo`llarda YTHlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi», – deyilgan xabarda.

Toshkent viloyatida Rossiyada ishlab chiqilgan “Strelka” nomli radarlardan foydalaniladi. Ular bir vaqtning o`zida bir necha transport vositasi tezligini o`lchashi mumkin. Yangi radarlar uzoqligi 350 metrgacha masofada tezlikni o`lchash imkoniga ega.

    Boshqa yangiliklar