AsosiyJamiyat

IIV pasport olish uchun elektron navbatga yozilish haqida ma`lumot berdi

'IIV pasport olish uchun elektron navbatga yozilish haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan aholini biometrik pasport bilan ta`minlash muddati 2018 yil 1 iyul etib belgilanganligi sababli, biometrik pasportga ega bo`lmagan fuqarolar ushbu muddatni kutmasdan doimiy ro`yxatdan o`tgan manzillaridagi migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlari so`ralgan.

Bundan tashqari, dpm.uz yangilangan veb-saytida biometrik hujjat olish uchun ariza anketalarni to`ldirish, anketani yuklash, elektron talabnomani holatini kuzatish, biometrik hujjat olish uchun kvitansiya generasiya qilish hamda biometrik hujjat olish uchun elektron navbatga qo`yish, O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasport hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga harakatlanish hujjati olish uchun davlat bojini “CLICK” elektron tizimi orqali to`lashning 3 ta usuli haqidagi ma`lumotlar hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyatida O`zbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi bo`yicha hisobga olishni rasmiylashtirish, Elektron manzil-ma`lumot axborotlarini taqdim etish xizmatlari ishga tushganligi to`g`risidagi ma`lumotlar sahifaga joylashtirilgan.

«Telegram» ijtimoiy tarmog`idagi @PassportInfoUz botida zarur bo`ladigan ariza, blanklar hamda boshqa zaruriy hujjatlar ro`yxatini olish imkoni mavjud.

    Boshqa yangiliklar