Davlat statistika qo`mitasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda, respublika bo`yicha turizm xizmatlari eksportining asosini tashkil qiluvchi o`rtacha bitta turist xarajatlarini qayta ko`rib chiqish uchun tanlanma so`rovnomalar o`tkazilmoqda.
Mazkur tanlama so`rovnomalar joriy yilning 4 iyun kuni boshlanib, Toshkent xalqaro aeroportida, Toshkent shimoliy temir yo`l vokzalida hamda asosiy chegara bojxona postlarida amalga oshirilmoqda.
So`rovnoma shu yilning 30 iyuniga qadar davom etadi.






