Fransiya poytaxti Parijda uzoq kutilgan auksion bo`lib o`tdi, deya xabar qildi Layf nashri.
Kimoshdi savdosida dinozavr skeleti 2 mln. evroga sotilgan.
Bir necha oydan beri ushbu auksonning o`tkazilishi anchagina shov-shuvlarga sabab bo`layotgan edi. Parijdagi Eyfel minorasining birinchi qavatida bo`lib o`tgan kimoshdi savdosida allozavr skeleti savdoga qo`yildi. Axamiyatlisi esa ustixoning yoshi taxminan 150 mln. yilga teng. Uni fransiyalik kolleksiya yig`uvchi 2 mln. evroga sotib olgan. Biroq xaridorning ismi oshkor qilingani yo`q.
– Ushbu ustixon deyarli 70 foiz qayta tiklangan. 3 panjali oyoqlari uni terepot turiga mansub yirtqich bo`lganini bildiradi. Umid qilamizki, uni xarid qilgan odam keng omma e`tiboriga taqdim etadi. Chunki uni barcha ko`rishi kerak, – deydi kimoshdi mutasaddilari.
Dinozavr ustixonining balandligi 9 metrga teng. Ma`lumotlarga ko`ra, suyaklar 2013 yilda Amerikaning Vayoming shtatida topilgan.






