AsosiyDunyo

Afg`onistonning Politexnika universitetida portlash sodir etildi

'Afg`onistonning Politexnika universitetida portlash sodir etildi'ning rasmi

Afg`oniston poytaxti Qobulda joylashgan Politexnika universitetida portlash sodir etildi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

Avvaliga masjidda portlash ro`y bergani xaqida xabarlar tarqagan edi. Keyinchalik universitet binosiga hujum uyushtirilgan. Polisiya bergan xabarlarga ko`ra, xudkush terrorchi bino oldida portlovchi moddani harakatga keltirgan. Buining oqibatida esa kamida 8 kishi halok bo`lgan va 17 nafar inson jarohat olgan.

Ularning barchasi kasalxonaga joylashtirilgan bo`lib, jabrlanganlarning aksariyati o`ta og`ir axvolda ekanligi xabar qilingan. Qurbon bo`lganlarning hamda yaralanganlrning bir nechtasi universitet talabalari bo`lgan. Voqea tufayli jinoyatchining o`zi ham halok bo`lgani ta`kidlanmoqda. Hozirda atrofdagi yo`llar yopib qo`yilan bo`lib, hudud o`rab olingan. Mazkur xunrezlik uchun javobgarlikni hech bir teroristik tashkilot o`z zimmasiga olgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar