AsosiyJamiyat

Talabalarni majburiy ishga jalb qilgan universitet rahbarlari ishdan bo`shatildi

'Talabalarni majburiy ishga jalb qilgan universitet rahbarlari ishdan bo`shatildi 'ning rasmi

Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri va kimyo-texnologiya fakulteti dekani egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O`zbekiston Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Xabar qilinishicha, Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri Maxset Ayimbetov 29 may kuni mazkur universitet kimyo-texnologiya fakultetining neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi ta`lim yo`nalishi talabalarini darslaridan ozod qildirib, Nukus tumanidagi o`zining “Shortanbay tangi” fermer xo`jaligiga dala ishlariga majburiy tusda mehnatga jalb qilganligi haqida “Xabar.uz” saytida maqola e`lon qilingan.

“Mazkur holatni o`rganish natijasida aniqlanishicha, haqiqatdan ham Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.Ayimbetov talabalarni yordam berish uchun fermer xo`jaligiga olib borganini va shu kunning o`zida soat 10:30larda fakultet dekanatining ko`rsatmasiga asosan talabalarni universitetga qaytarib olib kelganini, qilgan ishidan pushaymon ekanini ma`lum qilgan”, - deyiladi xabarda.

Vazirlik axborot xizmatining ma`lum qilishicha, kafedra mudiri M.Ayimbetov hamda kimyo-texnologiya fakulteti dekani R.Kurbaniyazov 2 iyun kuni egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

    Boshqa yangiliklar