Bu haqda “Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” qarorda keltirildi.
Qarorga ko`ra, oliy ta`lim muassasalarining professor-o`qituvchilarini ularning vazifalari va faoliyat yo`nalishlari bilan bog`liq bo`lmagan yig`ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlanadi.
Shuningdek, mazkur qaror bandida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar mazkur talabni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo`lgan shaxsiy javobgarligi to`g`risida qat`iy ogohlantirilishi ko`rsatilgan.
06.06.2018 05:34
O`qituvchilarni turli yig`ilishlarga jalb etgan rahbarlar lavozimidan ozod etiladi






