AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vaziri «Facebook»da o`z sahifasini ochdi

'Sog`liqni saqlash vaziri «Facebook»da o`z sahifasini ochdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov «Facebook» ijtimoiy tarmog`ida o`z rasmiy sahifasini ochdi.

«Xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini o`rganish, inson manfaatlarini ta`minlash har bir rahbarning ustuvor vazifasidir.

Siz bilan doimiy muloqotda bo`lib, sog`liqni saqlash sohasida Sizni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida Facebook ijtimoiy tarmog`ida o`z shaxsiy sahifamni ochdim.

Endi tibbiyot sohasidagi yangilik, reja, taklif, murojaat va munosabatlarni ushbu sahifada birgalikda muhokama qilamiz», - deya yozgan Shodmonov.

    Boshqa yangiliklar