1

PayPal yaqin bir oy ichida O`zbekistonda ish boshlashi mumkin

Jamiyat 06.06.2018, 16:57
PayPal yaqin bir oy ichida O`zbekistonda ish boshlashi mumkin

UzCard rahbari Ahror Mahmudovning ma`lum qilishicha, kompaniya O`zbekiston bilan hamkorlik qilishni juda istayotgan ekan. Qiwi, «Yandeks.Dengi» va Webmoney esa allaqachon UzCard bilan kelishuvlarni imzolab bo`lgan, deb xabar berdi «Spot».

«Ishonch bilan aytishim mumkinki, yaqin bir oy ichida biz to`rttala servisdagi hisobni so`m bilan to`ldirish imkonini beruvchi xizmatlarni ishga tushiramiz», - deydi yagona umumrespublika prosessing markazi bosh direktori Ahror Mahmudov.

Ma`lumotlarga ko`ra, PayPal, Qiwi, «Yandeks.Dengi», Webmoney’dagi onlayn-hamyonlarni naqd pul bilan, terminallar va infokiosklar orqali, shuningdek, UzCard kartasini ulab qo`yish orqali onlayn-rejimda ham to`ldirish mumkin bo`ladi.

Ta`kidlash joiz, O`zbekiston «PayPal»ga ulanmagan Markaziy Osiyodagi yagona mamlakat hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1