AsosiyJamiyat

Qaysi OTMlarda maxsus sirtqi bo`lim ochildi?

'Qaysi OTMlarda maxsus sirtqi bo`lim ochildi?'ning rasmi

Ko`pchilik joriy yilda maxsus sirtqi bo`limlarga ajratilgan 11 ming 765 ta kvota qaysi OTMlarga ajratilganligi bilan qiziqishmoqda.

Aytish mumkinki, joriy yilda 22 ta OTMda maxsus sirtqi bo`limlar ochildi (avvalgi yillarda 3 ta edi).Bu haqida Xushnudbek.uz o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Quyidagi OTMlarda ko`rsatilgan kvota bo`yicha maxsus sirtqi bo`limlarga qabul bo`lib o`tadi:

1. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali — 100
2. Toshkent davlat pedagogika universiteti — 1 120
Shundan: Toshkent shahar — 810, Termiz filali — 310
3. Andijon davlat universiteti — 750
4. Buxoro davlat universiteti — 720
5. Guliston davlat universiteti — 600
6. Qarshi davlat universiteti — 690
7. Namangan davlat universiteti — 750
8. Samarqand davlat universiteti — 750;
9. Termiz davlat universiteti — 960;
Shundan: Termiz shahar — 660, Denov filiali — 300;
10. Farg`ona davlat universiteti — 690;
11. Urganch davlat universiteti — 690;
12. Navoiy davlat pedagogika instituti — 600;
13. Nukus davlat pedagogika instituti — 750;
14. Jizzax davlat pedagogika instituti — 750;
15. Qo`qon davlat pedagogika instituti — 750;
16. Chirchiq davlat pedagogika instituti — 690;
17. Toshkent davlat agrar universiteti — 25;
18. O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti — 50;
19. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100;
20. Toshkent temir yo`l muhandislari instituti — 90;
21. Navoiy davlat konchilik instituti — 90;
22. Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi — 50.

    Boshqa yangiliklar