AsosiyJamiyat

Boks bo`yicha “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi o`tkazildi

'Boks bo`yicha “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi o`tkazildi'ning rasmi

Toshkent harbiy okrugiga qarashli Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda maxsus bo`linmalar o`rtasida boks bo`yicha “Mudofaa vaziri kubogi” chempionati o`tkazildi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

To`rt kun davom etgan nufuzli musobaqada charm qo`lqop ustalari 6 vazn toifasi bo`yicha bellashdi. Musobaqaning final bahsida 64 kg. vazn toifasida kuch sinashgan Farg`ona shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchisi Shaxboz Qalandarov mezbon bokschi Dostonbek Nabievga imkoniyatni boy berdi. Shiddatkor hujumlar uyushtirgan shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi Hasanboy Muydinjonov (69 kg.) muddatidan oldin muddatli harbiy xizmatchi oddiy askar Muhammadjon Murodovni engib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`ldi. Shuningdek, shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi, oddiy askarlar Mirzaolim Ne`matjonov (75 kg.), Islombek Mo`minov (81 kg.), G`iyos Fozilov (91 kg.gacha) hamda Sherzod Rasulov (+91 kg.) o`z vazn toifasida tengsiz ekanligini isbotlashdi.

Turnir yakunida g`olib va sovrindorlarga medallar hamda Mudofaa vaziri nomidan faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi. Umumjamoa hisobida g`oliblik esa 4 oltin medal jamg`argan Sirdaryo viloyatidagi harbiy qism harbiy xizmatchilariga nasib etdi. Harbiy jamoa “Mudofaa vaziri kubogi” bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar