AsosiyJamiyat

Toshkentda qurilish va obodonlashtirish ishlari bajariladigan hududlar belgilab olindi

'Toshkentda qurilish va obodonlashtirish ishlari bajariladigan hududlar belgilab olindi'ning rasmi

Joriy yil iyun-iyul oylarida Toshkent shahridagi 11 ta tumanda joylashgan 88 ta mahallada qurilish, ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Bektemir tumanida: "Rohat", "Zilola", "Husayn Bayqaro", "Binokor", "Oltintopgan", "Majnuntol", "Iqbol", "Abay" mahallalari;

Mirzo Ulug`bek tumanida: "Avayxon", "Alpomish", "Traktorsozlar", "Yuzrabod", "M.Ismoiliy", "Bog`imaydon", "H.Abdullaev", "Nur" mahallalari;

Mirobod tumanida: "Tolariq", "Birodarlik", "Furqat", "Mavoraunnahr", "Chinor", "Afrosiyob", "Yangi Mirobod", "Oltinko`l" mahallalari;

Olmazor tumanida: "G`alaba", "Ibrohim ota", "Yuqori Sebzor", "Xislat", "Tepaguzar", "Oltinsoy", "Sebzor", "Orzu" mahallalari;

Sergeli tumanida: "O`zgarish", "Daryo bo`yi", "Qipchoq", "Uchuvchilar", "Choshtepa", "Xonobod", "Nilufar", "Oltin vodiy" mahallalari;

Uchtepa tumanida: "Bog`iston", "Birlik", "Nayman", "Nurobod", "Paxtakor", "Davlatobod", "Sakkokiy", "Jarbulog`" mahallalari;

Chilonzor tumanida: "Xirmontepa", "1-Katta Chilonzor", "Xalqlar do`stligi", "Kichik Xirmontepa", "Tirsakobod", "Bog`zor", "Bo`rijar", "Katta Qozirobod" mahallalari;

Shayxontohur tumanida: "Yangi Beltepa", "Shayxontohur", "Obinazar", "Charxnovza", "Ilg`or", "Jangoh", "Chorsu", "Beltepa" mahallalari;

Yunusobod tumanida: "Turkiston", "Bog`ishamol", "Yangi bog`", "Posira", "Husinobod", "Otchopar 2", "Yunusota", "Bog`i Eram" mahallalari;

Yakkasaroy tumanida: "Boshliq", "Yakkasaroy", "Armug`on", "Shohjahon", "A.Qahhor", "Rakatboshi", "Meros", "Tepa" mahallalari;

Yashnobod tumanida: "Dilbog`", "Mashinasozlar", "Asolobod", "Uysozlar", "Parvoz", "Cho`lpon", "Xosiyatli", "Katta Qo`yliq" mahallalarida qurilish, ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar