AsosiyJamiyat

Samarqand viloyatida “Zil-53” va “Volvo” avtomashinalari to`qnashib ketdi

'Samarqand viloyatida “Zil-53” va “Volvo” avtomashinalari to`qnashib ketdi'ning rasmi

Samarqand viloyatining Bulung`ur tumanida “Volvo” rusumli avtomobil yuk avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etilgan, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 6 iyun soat 05.00larda Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi O.B. boshqaruvidagi “Zil-53” rusumli yuk avtomashinasini “Toshkent-Termiz” yo`lining 1041-km.da haydab ketayotib, shu yo`nalishda chap yon tomonda harakatlanib ketayotgan A.V. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli avtomobil bilan to`qnash kelgan.

Natijada avtomashinalar texnik shikastlangan. Jarohat olganlar yo`q. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar