AsosiyJamiyat

To`y va marosimlarda xizmat qiladigan san`atkorlarga «daromad solig`ini» joriy etish taklif etilmoqda

'To`y va marosimlarda xizmat qiladigan san`atkorlarga «daromad solig`ini» joriy etish taklif etilmoqda'ning rasmi

Mening fikrim veb-portalida to`y va marosimlarda xonandalar xizmatlarini tartibga solish haqida murojaat paydo bo`ldi.

"To`y va marosimlarda san`atkorlarning xizmat haqlari juda qimmat. Bu xizmat haqlari hech qaerda ko`rsatilmaydi va bu daromadlar soliqqa tortilmaydi. Ularga soliqlardan berilgan imtiyozlarni bekor qilib qat`iy daromad solig`ini joriy etish vaqti keldi.

Shunda adolatli bo`lardi. Shu sababdan, to`y va marosimlarda xonandalar xizmatlarini tartibga solish, shu turdagi xizmatlarni qonuniy asosini ishlab chiqish kerak.Buning uchun har bir to`y va marosimga qonuniy shartnoma tuzilgan taqdirda qatnashishi zarur. Mazkur shartnomada xizmat haqqi, iste`molchi va san`atkorning huquq va majburiyatlari, to`y-marosim vaqti, manzili ko`rsatilishi lozim.

San`atkorlarning shartnoma asosida xizmat ko`rsatishi To`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag`ishlangan tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar (“O`zbekkonsert”, Solik inspeksiyasi, “Mahalla”, O`zbekiston yoshlar ittifoqi) tomonidan nazorat qilinishi lozim.Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, san`atkorlarning xizmat narxlarini nazorat qilish imkonsiz.

Ammo ularning olayotgan daromadlaridan soliq olinishi maqsadga muvofiq. Zero nogironligi bor shaxslar ham, “O`zbekiston Qahramoni” unvoni sohiblari ham, kam daromadli shaxslar ham soliqlardan ozod etilmagan".

Murojaatda Soliq kodeksiga tegishli o`zgartishlar kiritish va san`atkorlar uchun to`y-marosimlarda faqat shartnoma asosida xizmat qilish tartibi joriy etilishi taklif qilingan.

    Boshqa yangiliklar