AsosiyDunyo

Samolyot bortida bomba borligi haqidagi hazil xabardan so`ng yo`lovchilar avialayner qanotiga chiqib olishdi (Video)

'Samolyot bortida bomba borligi haqidagi hazil xabardan so`ng yo`lovchilar avialayner qanotiga chiqib olishdi (Video)'ning rasmi

Samolyot bortida bomba borligi haqidagi hazil xabardan so`ng yo`lovchilar avialayner qanotiga chiqib olishdi, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.

Voqea Indoneziya aeroportida bo`lib o`tgan. Styuardessalarning muomalasidan qoniqmagan yo`lovchilardan biri salonda bomba borligini aytgan.

Styuardessalar buni uchuvchiga aytishgan, uchuvchi esa hamma samolyotni tark etishini e`lon qilgan. Shunda yo`lovchilardan biri avariya chiqish eshigini buzib samolyot qanotiga chiqib olgan. Keyin vahima boshlangan va bir necha kishi jabr ko`rgan.

Hozirda ikkala aybdor ham sakkiz yillik qamoq jazosiga mahkum etilishi arafasida.


Boshqa yangiliklar