AsosiyJamiyat

Toshkentda yana bir yuk mashinasi yonib ketdi (foto)

'Toshkentda yana bir yuk mashinasi yonib ketdi (foto)'ning rasmi

Kecha, 7 may kuni soat 20 dan 14 daqiqa o`tganda Toshkent shahar IIBB Yong`in xavfsizligi xizmatiga jismoniy shaxsga tegishli «ZiL» rusumli avtotransportda yong`in yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBBning axborot-multimedia markazi xabar berdi.

Ushbu yong`in Uchtepa tumanidagi "Dadil" ko`chasida sodir bo`lgan. O`t o`chiruvchilar tez fursatda yong`in sodir bo`lgan hududga etib borishgan va sanoqli daqiqalarda uni butunlay bartaraf etishgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo`q. Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, 7 iyun kuni taxminan soat 19:00 da Toshkentdagi Kichik halqa yo`lida «TransSeulQurilish» unitar korxonasiga qarashli «Hyundai» rusumli mashina yonib ketgandi.

    Boshqa yangiliklar