AsosiyJamiyat

75 yoshni qarshilayotgan Mahkamboy bobo qishlog`iga bog`cha qurib berdi (foto)

'75 yoshni qarshilayotgan Mahkamboy bobo qishlog`iga bog`cha qurib berdi (foto)'ning rasmi

Andijon viloyati Izboskan tumani Qorayantoq qishlog`ida “Jajji gulg`unchalar” nomli 100 o`ringa mo`ljallangan xususiy maktabgacha ta`lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Mehnat faxriysi, 75 yoshni qarshilayotgan Mahkamboy ota Bo`ronov farzandlari bilan 2 milliard so`mdan ortiq shaxsiy mablag`i hisobidan barpo etgan ushbu muassasa qishloq bolalari uchun munosib tuhfa bo`lish bilan birga, ayniqsa, onalarni g`oyat mamnun qildi.



Ikki qavatli ushbu zamonaviy muassasada bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, har jihatdan etuk va barkamol voyaga etishi uchun barcha sharoit yaratilgan. O`n nafar xodim doimiy ish o`rni bilan ta`minlandi.

Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida joriy yil Izboskan tumanida 15 nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi ishga tushirilishi, bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalariga qamrab olish 61,3 foizga etkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so`zga chiqdi.

    Boshqa yangiliklar