Surxondaryo viloyatida yashovchi 76 yoshli fuqaro A.A. ayoli bilan ajratishni so`rab fuqarolik ishlari bo`yicha Denov tumanlararo sudiga murojaat etdi.
“Men M.S. bilan 1981 yilda turmush qurib, 1985 yilgacha birga yashadim. Orada bir nafar farzandimiz bor, 1989 yilda tug`ilgan. Hozirgi paytda u o`z oilasi bilan yashayapti. Xotinim 1991 yilda uydan butunlay ketib qolgan va boshqa kishi bilan turmush qurib, u oilasidan ham bir nafar farzandi bor, u ham voyaga etgan.
1991 yildan beri yolg`iz yashayman. Bu haqda men sudga yozib berganman. Lekin ushbu ishni 2018 yil may oyida ko`rib chiqqan sud men keltirgan vajlarni inobatga olmadi. Sud bunday holda taraflarning oilaviy munosabatdagi kelishmovchiliklarini bartaraf etsa bo`ladigan holat deb hisoblaydi”, – deydi u.
Otaxonning so`zlariga ko`ra, hozirgi kunda uning ikki ko`zi ham operasiya qilingan va bir ko`zi umuman ko`rmay qolgan. “M.S. bilan oilamiz buzilganiga 27 yil bo`ldi va u bilan birga yashash niyatim yo`q”, – degan A.A.

Ushbu masala bo`yicha A.A. yashaydigan mahalla raisi bilan bog`lanilganda u A.A. haqiqatan ham 27 yildan beri yolg`iz yashashini aytgan.
"Xalq so`zi" xabariga ko`ra, sud nikohni bekor qilishni rad qilgan.






