Italiya polisiyasi olib borilgan tezkor operasiyalar natijasida umumiy vazni 10 tonnaga teng qoradorini mamlakatga olib kirilishi chog`ida qo`lga olgan, deya xabar qildi TASS nashri.
Kemaga ortilgan giyohvand moddalar Gollandiya orqali Italiyaga olib kirishga urinilgan. U Sisiliya orolidan 130 km. uzoqlikdagi portda aniqlandi. Qoradori go`sht maxsuloti orasiga joylashtirilgan. Molning umumiy miqdori 24 million dollar ekanligi xabar qilinmoqda. Hozirda 9 nafar jinoyatchining barchasi qo`lga olingan.






