Xitoyda 2018 yilgi milliy kollejlarga kirish imtixonlari bo`lib o`tmoqda, deb xabar qilmoqda Layf nashri.
2018 yilgi kirish imtixonlarida 9,75 million kishi ishtirok etayotgani xabar qilinmoqda. Jarayonlar mamlakat bo`ylab ikki kun davom etadi. Ta`lim vazirligi tomonidan e`lon qiingan jadvalga ko`ra, imtixonning birinchi kuni xitoy tili va matematikadan sinovlar o`tkaziladi. Ikkinchi kunida esa ta`lim yo`nalishiga ko`ra tanlangan ixtiyoriy fanlardan imtixonlar bo`lib o`tadi.
Imtixonlar mamlakatning 26 ta provinsiyalarida o`tkazilmoqda. Jarayonlar vaqtida Xitoy bo`ylab barcha xavfsizlik choralari kuchaytirilgan bo`lib, binolar oldida tartib-qoidalar qat`iy nazorat qilinadi. Shuningdek, ikki kun davomida Xitoy bo`ylab talabalar uchun transport qatnovlari yo`lga qo`yilgan.






