AsosiyJamiyat

Poytaxt aeroportida “Iphone X”lar yashil yo`lakdan o`tolmadi

'Poytaxt aeroportida “Iphone X”lar yashil yo`lakdan o`tolmadi'ning rasmi

“Toshkent” xalqaro aeroporti orqali bojsiz olib kirish me`yorlari asosida tovarlarni olib o`tib, ichki bozorlarga qayta sotish maqsadida tashiyotgan shaxslar faoliyatiga chek qo`yish maqsadida bojxonachilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda doiimiy tezkor tadbirlar o`tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan birida xorijdan uchib kelgan fuqaro X.Sh bojxona nazoratidan yo`lovchilar ko`magida olib o`tilgan 6 dona “I Phone” rusumli uyali aloqa vositalarini aeroport avtoturargohida yig`ib olib ketmoqchi bo`lib turgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan to`xtatib qolindi. Dastlabki surishtiruvlarga ko`ra ushbu uyali telefonlarning umumiy qiymati 40 mln.so`mni tashkil etar ekan.

Yana bir holatda esa «Sharja-Toshkent» yo`nalishi bo`yicha uchib kelgan fuqaro A.D. bojxonadan «yashil» yo`lak orqali bamaylixotir o`tar ekan, bojxona xodimining og`zaki so`rovi paytida ham yonida hech qanday ortiqcha mahsulotlari yo`qligini ma`lum qildi.

Ammo uning bagaji nazorat tartibida bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, uning ichida deklarasiyalanishi lozim bo`lgan, jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me`yoridan ortiqcha ya`ni umumiy narxi dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra taxminan qariyb 113 mln. so`mlik jami 16 dona “Iphone X” rusumidagi uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

“Toshkent-Aero” IBK Axborot xizmati xabariga ko`ra, hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar