AsosiyJamiyat

Hunarmandlarga elektron a`zolik guvohnomasi beriladi

'Hunarmandlarga elektron a`zolik guvohnomasi beriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining matbuot xizmatidan ma`lum qilishlaricha, a`zolariga elektron guvohnoma berish tizimi joriy etilgan. Ushbu elektron tizimning bir qator afzalliklari mavjud.

Eng avvalo, uyushma a`zolarinig vaqtini tejash, chekka hududlarda faoliyat olib borayotgan usta-hunarmandlarga guvohnomani topshirish bilan bog`liq xarajatlar qisqaradi. Guvohnomani olish muddati tezlashadi.

Shuningdek, uyushma a`zolarining nomi, faoliyat turi, a`zolik muddati, guvohnoma sonini va boshqa ma`lumotlarni uyushmaning elektron bazasidan tekshirish imkoniyati yaratildi. Zero, unda a`zoning ismi, faoliyat turidan tashqari soliq to`lovchining indetifikasion raqami (STIR), guvohnomaning amal qilish muddati va boshqa ma`lumotlar ko`rsatiladi.

Guvohnomani qalbakilashtirishga yo`l qo`ymaslik maqsadida guvohnomani tekshirishning 3 xil ko`rinishi aks ettirilgan:

QR-kod;

Uyushmaning rasmiy veb-saytiga havola;

Uyushmaning kol-sentr raqami (telefon orqali a`zolikni aniqlash maqsadida)

Guvohnoma kimlarga beriladi? Uning yangi elektron ko`rinishi birinchi navbatda uyushma a`zoligiga endigina ko`shilgan hunarmandlarga va a`zolik guvohnomasining amal qilish muddati o`tgan a`zolariga beriladi.

So`ngra bosqichma-bosqich barcha uyushma a`zolarining guvohnomalari elektron shaklga o`zgartiriladi.

    Boshqa yangiliklar