Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.
“Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to`g`risidagi nizomning 2-bandiga o`zgartirish kiritish haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.
Kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, malaka sertifikatiga ega bo`lgan har bir jismoniy shaxs malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili emas balki, 3 yilda bir marta malaka oshirish kurslarida o`qiydilar.






