AsosiyJamiyat

Toshkent—Moskva—Toshkent yo`nalishida qo`shimcha aviareyslar joriy etiladi

'Toshkent—Moskva—Toshkent yo`nalishida qo`shimcha aviareyslar joriy etiladi 'ning rasmi

Shu yil 18 iyundan boshlab Toshkent—Moskva—Toshkent yo`nalishida qo`shimcha reyslar joriy etiladi. Bu haqda “O`zbekiston havo yo`llari” MAK matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qo`shimcha reyslar haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari zamonaviy laynerlarda amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali quyidagicha ( mahalliy vaqt):

HY-613 Toshkent 13:00 — Moskva 15:15;

HY-614 Moskva 16:45 — Toshkent 22:35.

Eslatib o`tamiz, avvalroq “O`zbekiston havo yo`llari” Bishkek, Rostov-Don va Mineralnie-Vodiga qatnovlar soni oshirilganini ma`lum qilgandi.

    Boshqa yangiliklar