AsosiyJamiyat

Peshku tumanida avtomashina ag`darilishi natijasida ikki yo`lovchi tan jarohati oldi

'Peshku tumanida avtomashina ag`darilishi natijasida ikki yo`lovchi tan jarohati oldi'ning rasmi

Buxoro viloyatining Peshku tumanida 9 iyun kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Chimboy tumanida yashovchi, P.D. boshqaruvidagi “Takuma” rusumli avtomashinasini Varaxsha cho`l hududidan o`tuvchi A-380 “Nukus-G`uzor-Beyneu” yo`lining 394-km.da haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo`lning o`ng tomonidagi betonga borib urilishi natijasida avtomashina yo`l chetiga ag`darilib ketgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada avtomashinaning ikki nafar yo`lovchilari, tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar.

    Boshqa yangiliklar