AQShning Virjiniya shtati polisiyasi Fort Pikett harbiy bazasidan bronetransportyorni olib qochgan askarni hibsga oldi, deya xabar qilmoqda Tjournal.ru nashri.
Avvaliga “quvdi-quvdi” shahar tashqarisidagi trassada bo`lib o`tgan. Keyin esa bronetransportyor va bir necha polisiya mashinasi Richmondga o`tishgan.
Bronetransportyor soatiga 65 km. tezlikda elgan va unda hech qanday qurol topilmagan.
Askar shaharning markaziy ko`chalaridan birida qo`lga tushgan.






