Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 iyun kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 18-20, kunduzi 31-33 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 18-23, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.






