AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Ramazon hayitida uch kun dam olish kuni e`lon qilinadi

'O`zbekistonda Ramazon hayitida uch kun dam olish kuni e`lon qilinadi'ning rasmi

O`zbekistonda Iyd al-Fitr — Ramazon hayiti bayrami uch kun nishonlanadi. Bu O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida»gi PF–5290-sonli farmonida o`z ifodasini topgan.

«Xalqimizning saxovat, mehr-muruvvat va marhamatlilik, birdamlik kabi oliyhimmat sifatlari, shuningdek milliy-diniy qadriyatlarni saqlash va ulug`lash maqsadida 2018 yildan boshlab Qurbon hayit va Ramazon hayiti kabi muqaddas bayramlarini nishonlash uchun bayram kunlariga yaqin ish kunlariga alohida dam olish kunlarini ko`chirish yo`li hisobiga ketma-ket uch dam olish kuni joriy etiladi», — deyiladi Prezident farmoniga sharhda.

Farmonga ko`ra, Qurbon hayitida ham uch kunlik dam olish kuni e`lon qilinadi.

Shuningdek, 2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni oy ko`rinishiga qarab belgilanadi. U Ramazon oyining 29 yo 30 kun bo`lishidan kelib chiqib, iyun oyining 15- (juma) yo 16-sanasi (shanba)ga to`g`ri kelmoqda, deb yozmoqda O`zbekiston musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi.

    Boshqa yangiliklar