O`zbekiston musulmonlari idorasi o`z tasarrufidagi oliy va o`rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018-2019 o`quv yili uchun qabul e`lon qiladi.
O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, O`rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha abiturientlardan hujjatlar qabul qilinadi.
Mazkur bilim yurtlariga “O`rta maxsus islom ta`lim muassasalariga abiturientlarni o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risida”gi Nizom talablariga muvofiq umumiy o`rta ta`limni (11-sinf bazasida) tamomlaganlik to`g`risidagi shahodatnoma (attestat) yoki akademik lisey, kasb-hunar kolleji diplomiga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.
Qabul kvotalari quyidagicha:
“Ko`kaldosh” o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi, Toshkent sh.,
(0371) 244-48-27;
30 nafar (o`g`il bolalar uchun).
Xoja Buxoriy o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi, Kitob shahri
(0375) 54-27-425;
30 nafar (o`g`il bolalar uchun).
Sayyid Muhyiddin maxdum o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi, Andijon sh., (+99895) 201-68-70, (0374) 228-00-91;
30 nafar (o`g`il bolalar uchun).
“Hidoya” o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi, Namangan shahri
(0369) 226-60-60;
30 nafar (o`g`il bolalar uchun).
“Mir Arab” o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi, Buxoro sh.,
(0365) 224-10-11;
30 nafar (o`g`il bolalar uchun).
Faxriddin ar-Roziy o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi, Urganch sh., (+99895) 606-92-55, (+99895) 602-92-57;
30 nafar (o`g`il bolalar uchun).
Muhammad al-Beruniy o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi,
Nukus sh., (0361) 229-03-26, 229-03-20;
30 nafar (o`g`il bolalar uchun).
Xadichai Kubro ayol-qizlar o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi, Toshkent sh., (0371) 299-24-11;
20 nafar (ayol-qizlar uchun).
“Jo`ybori Kalon” ayol-qizlar o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi, Buxoro sh., 221-77-44;
20 nafar (ayol-qizlar uchun).
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga 2018 yilning 15 iyunidan 10 iyuligacha abiturientlardan hujjat qabul qilinadi.
Mazkur ta`lim muassasalariga “Oliy ta`lim muassasalariga abiturientlarni o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risida”gi Nizom talablariga muvofiq O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o`rta maxsus islom bilim yurtini bitirganligi haqida diplomga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.
Qabul kvotalari quyidagicha:
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Toshkent sh., (0371) 227-42-37;
42 nafar (o`g`il bolalar uchun);
8 nafar (ayol-qizlar uchun).
Mir Arab oliy madrasasi, Buxoro viloyati, Kogon tumani
(+99895) 604-45-97;
25 nafar (o`g`il bolalar uchun).
Shuningdek, Toshkent islom institutining maxsus sirtqi bo`limiga 2018 yilning 15 iyunidan 30 iyunigacha abiturientlardan hujjat qabul qilinadi.
Maxsus sirtqi bo`limga o`rta maxsus islom bilim yurtlarini tamomlaganligi to`g`risidagi hujjatga (diplom) ega bo`lgan, O`zbekiston musulmonlari idorasi tizimida 5 yil ish stajiga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Maxsus sirtqi bo`limning qabul kvotalari to`g`risidagi ma`lumot qo`shimcha e`lon qilinadi.