12 iyun kuni sammitgacha Kim Chen In va Donald Trampning alohida uchrashuvi bo`lib o`tadi.
Bu haqda bugun Singapur Milliy xavfsizlik xizmatining matbuot-kotibi Robert Pallidino ma`lum qildi.
Oldinroq Oq uy sammitning Sentosa orolida joylashgan Capella mehmonxonasida soat 9.00 da boshlanishi rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.
Eslatib o`tamiz, Kim Chen In va Donald Tramp uchrashuvi 12 iyun kuni Singapurda bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuv ikki davlat rahbarlarining, 1953 yilda Koreya yarim orolidagi urushdan keyin, tarixda birinchi uchrashuvi bo`ladi.
AQSh va Shimoliy Koreya o`rtasidagi muzokaralarda keng doiradagi fikrlar almashinuvi bo`lib o`tadi, uning davomida tomonlar AQSh va Shimoliy Koreya o`rtasida yangi munosabatlarni shakllantirishga doir ikki davlat uchun dolzarb masalalarni, Koreya yarimorolida mustahkam va doimiy tinchlikni o`rnatish va yarimorolni yadroviy qurolsizlantirish jarayonini amalga oshirishni muhokama qilishadi.






