AsosiyJamiyat

Oltiariqda bir daraxtdan 18 xil meva olinmoqda (foto)

'Oltiariqda bir daraxtdan 18 xil meva olinmoqda (foto)'ning rasmi

Oltiariqlik Abduvahob Mirzajonovni Farg`onada mirishkor dehqon, yangi nav yaratuvchi iqtidorli seleksioner sifatida juda yaxshi bilishadi.

Uning xonadoniga kirsangiz hovlisidagi bir tup g`aynoli daraxtida18 xil bir danakli mevalarning pishib etilayotganiga guvoh bo`lasiz. Qizig`i shundaki, ushbu daraxt yillar davomida A. Mirzajonovning tajriba daraxtiga aylanib ulgurgan, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.

Bir tanada Amerika, Evropa, Uzoq sharq, Xitoy, Koreya davlatlaridan keltirilgan g`aynoli, o`rik navlari pishyapti. Seleksionerning mo`jazgina 5 sotixli tomorqasida (sizga yolg`on, bizga chin) 2000 ziyod (olmaning 5 xili, uzumning 10 xili, g`aynolining 8 xili, o`rikning 4 xili) ko`chatlar ko`kka bo`y cho`zgan.
Uning eng asosiy maqsadi chetdan keltirilgan mevalarning mamlakatimiz ob-havosi va sharoitlariga moslashgan noyob navlarni mahalliy seleksiya yo`li bilan yaratib, ularni sanoat usulida etishtirishni yo`lga qo`yish.

    Boshqa yangiliklar