Angliyaning Sautgemptona shahrida istiqomat qiluvchi 12 yoshli o`smir qiz dunyodagi eng bo`yi uzun qiz deb topildi.
Sofi Xollinsning bo`yi 189 sm. Uning bo`yi barcha sinfdoshlaridan baland, uyda hatto qo`li shiftga etadi.


Sofi Ginnes rekordlar kitobiga kiritilganiga qaramay, o`tkazilgan jarrohlikdan keyin bo`yining qaytib o`smasligiga umid qiladi.
Shifokorlar unga Marfana sindromi tashxisini qo`yishdi. Ushbu kasallik irsiy hisoblanib, tanadagi tutashtiruvchi to`qimalarning faoliyati buziladi, natijada odamning bo`yi o`sib ketaveradi.

Sofining 6 yoshida bo`yi 147 sm edi, to`rt yildan keyin esa 155 sm.ni tashkil etdi.

«Oyim menga Marfana sindromi haqida kichiknaligimdayoq so`zlab bergan. Mening bo`yim o`sishda to`xtasa, men o`zimni juda baxtiyor his qilaman, - deydi Sofi Xollins







