O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Qonliko`l tumani Kengashi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, o`quvchilarning kitob o`qishga qiziquvchiligini orttirish, bo`sh vaqtlarini har tomonlama mazmunli o`tkazish maqsadida, «Yozgi ta`tilda kitob o`qishga qasamyod qilish» marosimi tashkillashtirildi. Bu haqda Kruz.uz xabar berdi.
O`quvchi yoshlar kitobning qadr-qimmati, insoniyatning ma`naviy va ma`rifiy dunyo qarashini, ongi, ezgu niyatlarini amalga oshiruvchi, insonni yaxshilikka etaklovchi, buyuk ijodiyotga yo`l boshlovchi, eng yaqin do`st va ustozligini his qilgan holda, yozgi ta`tilda kitobni sevib mutolaa qilish, uni ko`z qarochig`idek asrab-avaylashga, ulug` ajdodlarimiz yaratgan boy tarixiy meroslarni o`qib o`rganib, tengdoshlari o`rtasida kitobxonlik madaniyatini targ`ib qilishga tantanali tarzda qasamyod qildi.
Tadbir doirasida tashkillashtirilgan badiiy kecha davomida, kitobsevarlik madaniyatini oshirish, kitobxonlik tanlovlarini doimiy ravishda o`tkazib borish, kitobning qadriga etish, o`ni avaylab-asrash haqida kichik tomoshalar taqdim etildi.









