AsosiyJamiyat

“Umra-2018” Ramazon mavsumi ziyoratchilari yurtimizga qaytmoqdalar

'“Umra-2018” Ramazon mavsumi ziyoratchilari yurtimizga qaytmoqdalar'ning rasmi

Joriy yilning 10 iyun kuni o`zbekistonlik ziyoratchilarning 204 nafardan iborat dastlabki guruhi muqaddas joylarda umra amallarini to`la-to`kis bajarib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va shunday sharoitlarni yaratib bergan muhtaram Yurtboshimiz haqlariga duoi-xayrlar qilib, Vatanimizga sog`-salomat qaytib keldilar.

“Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ziyoratchilarimizni Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar hodimlari kutib oldilar. Ziyoratchilarimiz 10 kun mobaynida Madina va Makka shaharlarida umra amallarini bajardilar.

Saudiya Arabistonida havo haroratining yuqori darajada bo`lishi kuzatilayotganligini inobatga olib, shifokorlar guruhi tomonidan ziyoratchilarning salomatligini saqlash maqsadida eslatma-tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Madina va Makka shaharlaridagi mehmonxonalarda iftorlik va saharlik vaqtlarida ziyoratchilar uchun ikki xildagi o`zbek milliy taomlari (suyuq va quyuq), sarhil mevalar va turli ichimliklar hozirlangan.

Mehmonxonalarda zaruriy dori-darmon va jihozlar bilan ta`minlangan tibbiyot punktlari 24 soat davomida ziyoratchilarimiz sog`liklarini nazorat qilish hamda birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o`tamiz, Ramazon mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun bo`ladilar. Ziyoratchilarga mavsum davomida o`zbekistonlik 4 nafar ishchi guruhi, 30 nafar guruh rahbari (ellikboshi), 8 nafar shifokor va 4 nafar oshpaz xizmat ko`rsatmoqda.

Joriy yilning 31 may kunidan 17 iyuniga qadar o`zbekistonlik fuqarolarni umra ziyoratiga kuzatish va kutib olish rejalashtirilgan.

Ramazon umra ziyoratida jami 1500 nafar fuqarolarimizning Toshkent-Jidda-Toshkent yo`nalishlari bo`yicha 7 ta charter aviareysida safarlari tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar