AsosiyDunyo

Xitoyda noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda

'Xitoyda noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda'ning rasmi

Xitoyning bir qator hududlarida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda, deb xabar berdi TASS nashri.

Mamlakatning janubiy qismlarida, xususan Xoyjchou, Guandun, Xuyiang provinsiyalarida yuz bergan eviniar to`foni o`zi bilan kuchli momoqaldiroqni olib keldi. Bir necha soatdan so`ng esa yog`ingarchilik tufayli suv toshqinlari kelib chiqdi.

Toshqin, qurilish ishlari olib borilayotgan hududdagi ishchilarning og`ir ahvolda qolishiga sabab bo`ldi. Ular 4 soat davomida botqoqqa aylangan loyli joylarda yordam kutishga majbur bo`lishgan. Shundan so`ng, qutqaruv guruhi 133 nafar ishchilarni qutqarib olib ketishgan.

Suv ostida qolgan ko`chalarda qutqaruvchilar shishirilgan qayiqlarda ish olib borishmoqda. So`ngi 12 soat ichida 200 nafar aholi evakuvasiya qilindi. Ularning asosiy qismi keksalar va bolalar ekanligi xabar qilinmoqda. Qurbonlar va jarohat olganlar yo`q. Turar- joy binolarining birinchi qavati suv bilan to`lgan.

Odamlar manzillariga suv kechib borishga majbur bo`lishmoqda. Xavfsizlikni ta`minlash maqsadida o`t o`chirish guruhi ham nazorat ishlarini olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar