Ramazon Hayitini nishonlash to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O`zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 15 iyun juma kuniga to`g`ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, 2018 yil 15-17 iyun kunlari, ya`ni Ramazon hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan, mutasaddi idoralarga Ramazon hayitini joylarda xalqimizning milliy urf-odatlariga mos tarzda, tartibli va yuqori darajada o`tkazish uchun zarur tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklandi.
O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog`liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etildi.






