Islom Karimov nomidagi xalqaro Toshkent aeroportida yo`lovchilar va yuklarni mustaqil ro`yxatdan o`tkazish sinovdan o`tkaziladi.
“O`zbekiston havo yo`llari” aviakompaniyasining AKTni muvoviqlashtirish va rivojlantirish bo`limi boshlig`i Baxtiyor Xudoyberdiev xabar berganidek, bugungi kunda MAK bir qator sabablarga ko`ra yo`lovchilarga onlayn ro`yxatga olish yoki rasmiylashtirish va yuklarni topshirish peshtaxtasi kabi oddiy xizmatlarni taqdim etolmaydi.
“Shu bilan birga, aviakompaniya bunday tizimlarni joriy etish bo`yicha ishlarni boshlab yubordi. Qisqa muddatda biz yo`lovchilarni ro`yxatga olish jarayonini jadallashtirish imkonini beruvchi mexanizmni joriy etishni rejalashtirmoqdamiz”, – dedi B. Xudoyberdiev.
Bir nechta variantlar ko`rib chiqilmoqda: onlayn ro`yxatga olish va QR-kod texnologiyasini joriy etishdan boshlab mustaqil ro`yxatdan o`tish kioskalariyoki reprinting terminallarini o`rnatishgacha.
Mutaxassisning aytishicha, bunday muammolarni hal qilish uchun tashkiliy-huquqiy komponentlar sohasida hali ko`p ishlar bajarilishi kerak – migrasion tartibga solishning tegishli organlari va me`yoriy hujjatlarning yo`qligi sabab bu jarayonga katta to`sqinlik qilmoqda.
Yukni mustaqil ravishda ro`yxatdan o`tkazish kabi vazifalar uchun terminalning binosida katta infratuzilmani o`rnatish talab qilinadigan avtomatlashtirilgan tizimga ehtiyoj borligi ma`lum bo`ldi.
“Tez orada Milliy aviakompaniya yangi “Toshkent-4” yo`nalishi bo`yicha yangi terminalda o`rnatilishi rejalashtirilayotgan bunday tizimlarni sinovdan o`tkazadi”, – deya qo`shimcha qildi Xudoyberdiev.
Mamlakatning barcha aeroportlarida pasport nazorati o`tkazilgunga qadar zonada Wi-Fi tarmog`ini taqdim etish, mahalliy SIM-kartalarni sotish va taksiga qo`ng`iroq qilish uchun kioskalarni yaratish rejalashtirilgan.






