Prezidentimizning kuni kecha qabul qilingan “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta`minlashni rag`batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan aholining ijtimoiy zaif qatlami himoyasi kuchaytirilmoqda.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 1 avgustdan boshlab alohida toifadagi tadbirkorlik sub`ektlariga davlat mulki ob`ektlarini “nol” qiymatda sotish bo`yicha o`tkaziladigan tanlov savdolarida bitim tuzish bo`yicha ustuvorlik huquqi, davlat mulki ob`ekti uchun ijara to`lovini eng kam ijara to`lovi stavkasini 50 foizi miqdorida to`lash kabi huquqlar berildi.
Mazkur preferensiyalarni qo`llash tartibi Moliya vazirligi tomonidan bir oy muddatda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2018 yil 1 avgustdan boshlab shtatdagi xodimlarining 50 foizi nogironligi bo`lgan shaxslardan tashkil topgan nogironligi bo`lgan shaxslarning jamoat birlashmalari korxonalari jami xodimlarining mehnatiga haq to`lash fondi uchun yagona ijtimoiy to`lov stavkasi 4,7 foiz miqdorda belgilanadi.
2018 yil 1 sentyabrga qadar O`zbekiston nogironlar jamiyati, O`zbekiston ko`zi ojizlar jamiyati, O`zbekiston karlar jamiyati korxonalariga tegishli ishlab chiqarish ob`ektlari holatini yaxshilash va ularga biriktirilgan er maydonlaridan oqilona foydalanish bo`yicha aniq chora-tadbirlardan iborat “Yo`l xaritasi” ishlab chiqiladi.
12.06.2018 06:00
Aholining ijtimoiy zaif qatlami himoyasi kuchaytiriladi






