AsosiyDunyo

Kim Chen In Singapurdan yaxshi taassurot oldi

'Kim Chen In Singapurdan yaxshi taassurot oldi'ning rasmi

Kim Chen In KXDR va AQSh sammitiga mezbonlik qilayotgan Singapur haqida ajoyib tassurotlarga ega bo`ldi. Kim Chen In ushbu davlatning turli sohalarda to`plagan tajriba va malakasini o`rganish niyatida ham.

Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar tarqatdi.

Agentlikning qayd etishicha, tashrif chog`ida Singapurning keng iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari bilan tanishishga ulgurgan KXDR etakchisi unga kun bo`yi hamrohlik qilgan mezbon davlatning yuqori darajadagi mansabdorlariga o`z minnatdorchiligini bildirgan.

Ayni damda Singapurda AQSh va KXDR sammiti davom etmoqda. CNN telekanalining nomi oshkor etilmagan manbaasiga ko`ra, tomonlar yaqin fursatda muzokaralalar natijasi bo`yicha hujjat imzolaydi.

Eslatib o`tamiz, bugun Singapurda Qo`shma Shtatlar va Shimoliy Koreya sammiti boshlandi. Kengaytirilgan tartibdagi muzokaralarda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo, prezidentning milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi Jon Bolton hamda Oq uy apparati rahbari Jon Kelli, KXDR tomonidan Koreya Mehnat partiyasi raisi o`rinbosari Kim Yon Chxol, KMP MQ xalqaro bo`limi mudiri Li Su Yon, KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo ishtirok etmoqda. Sammit doirasida Donald Tramp va Kim Chen In Sentos orolida joylashgan “Kapella” mehmonxonasida uchrashdi. Ikki davlat rahbarlari o`zaro muloqotda Koreya yarim orolida tinchlikni barqaror ta`minlash va KXDRni mutlaqo yadroqurolsizlantirish, Shimoliy Koreya va Amerika munosabatlarini yaxshilash masalalarini muhokama qildi.

    Boshqa yangiliklar