AsosiyJamiyat

Xitoyning bir qator shaharlaridan O`zbekistonga charter reyslari yo`lga qo`yiladi

'Xitoyning bir qator shaharlaridan O`zbekistonga charter reyslari yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Xitoydan O`zbekistonga charter reyslari yo`lga qo`yiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Diplomatic VIP and Travel Service turistik kompaniyasi Xitoydagi turoperatorlar bilan birgalikda joriy yil avgust oyi oxirida Chunsin, Loan, Sian shaharlaridan charter va to`g`ridan-to`g`ri reyslarni tashkil etishga tayyor.

Chin o`lkasidan kelgan soha vakillari safar davomida mamlakatimiz sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlar safida 18 nafar turoperator va 4 nafar fotograf bor edi.

Ular xitoy tilidagi e`lonlar va ma`lumotlarni ko`rish istagida ekanligi, sababi bu XXRdan keladigan sayyohlar uchun kerakli manzilni oson topib olishida qo`l kelishini aytib o`tdi. O`z navbatida, xitoycha taomlar tayyorlanadigan restoranlar faqat Toshkent shahrida borligi, vaholanki, boshqa hududlarda ham bu kabi tamaddixonalar tezda ommalashib ketishi mumkinligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar