AsosiyJamiyat

Marg`ilonda yangi ma`naviyat o`chog`i barpo etildi (foto)

'Marg`ilonda yangi ma`naviyat o`chog`i barpo etildi (foto)'ning rasmi

Davlatimiz rahbari o`tgan yili Farg`ona viloyatiga tashrifi chog`ida Marg`ilon shahrida ijodkorlar bog`i tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar bergan edi. Shu asosda bu erda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mavjud istirohat bog`i hududi kengaytirilib, manzarali daraxt ko`chatlari o`tqazildi, gulzor va maysazorlar tashkil etildi. Bog` markazida O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning haykali o`rnatildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev mazkur Ijodkorlar bog`ini borib ko`rdi. Erkin Vohidov haykali poyiga gul qo`ydi.

Shoirning oila a`zolari, yozuvchi va san`atkorlar bilan suhbatda adib ijodini o`rganish va yoshlarga o`rgatish, she`rlari asosida qo`shiqlar yaratish zarurligi ta`kidlandi.

Bog`da Erkin Vohidov memorial muzeyi, yosh ijodkorlar maktab-internati, Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo`limi binosi, 2 ming kishilik amfiteatr, Nuroniylar maskani ham joylashgan.

Davlatimiz rahbari memorial muzeydagi eksponatlarni ko`zdan kechirdi. Bu maskan haqiqiy ma`naviyat o`chog`i bo`lishi kerakligini, bu erga o`quvchi va yosh ijodkorlarni ko`proq olib kelish zarurligini ta`kidladi.

Prezidentimiz Nuroniylar maskanida mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar