Prezident Shavkat Mirziyoev Oltiariq tumanidagi “Ismoil Nozim obod” fermer xo`jaligi dalasida bo`ldi. G`alla o`rimini, g`o`za holatini ko`zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat dehqon va fermerlari bilan suhbatda g`alla hosilini yig`ib olish, g`o`zadan kafolatlangan hosil etishtirish, takroriy ekinlar ekish zarurligi ta`kidlandi.
Dehqonchilikda yil yilga o`xshamaydi. Hosildan, daromaddan umidvor fermer har bir niholni «sizlashi» kerak. Barcha agrotexnik tadbirlarni o`z vaqtida, sidqidildan bajarishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoev.
Qishloq xo`jaligi uchun murakkab kelgan joriy yilda suvdan omilkorlik bilan foydalanish, bozorbop ekinlar ekish, hosildorlikni oshirish bo`yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.







