AsosiyJamiyat

UZ domenida ro`yxatga olingan nomlar 60 mingdan oshdi

'UZ domenida ro`yxatga olingan nomlar 60 mingdan oshdi'ning rasmi

O`zbekiston milliy domen hududi .UZ hududida ro`yxatdan o`tkazilgan domenlar soni 60 mingdan oshdi.

Qayd qilinishicha, ayni vaqtga kelib, faol domenlar soni 60 012tani tashkil qilmoqda.

Yil boshidan buyon bu borada o`sish ko`rsatkichi, 5,4 foizni tashkil qildi. 2018 yildan buyon jami 13 341 domen ro`yxatdan o`tkazilgan bo`lsa, 5315ta nomlar muddati tugaganligi tufayli tizimdan o`chirildi.


Eng ko`p domenlar registrasiyasi SUVAN NET ro`yxatdan o`tkazuvchisi tomonidan o`tkazilgan. Eslatib o`tamiz, ma`lum muddat avval mazkur tashkilot istalgan harflar yordamida uch harfli domenlarni ommaviy ro`yxatdan o`tkazgani xabar qilingandi.

    Boshqa yangiliklar