AsosiyJamiyat

Farg`ona anorlari Prezident e`tiborida

'Farg`ona anorlari Prezident e`tiborida'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Farg`ona viloyatiga tashrifi chog`ida Quva tumanidagi “Farg`ona anorchilik” mas`uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizda qishloq xo`jaligi bozor talabi va dehqon daromadi yuzasidan diversifikasiya qilinmoqda. Yaqinda barpo etilgan “Farg`ona anorchilik” korxonasi ham ana shu maqsadga yo`naltirilgan.

300 gektardan ortiqni maydonni egallagan ushbu agrofirma anor etishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashgan. Ayni paytda 289 gektar erga 15 navga yaqin 272 ming tupdan ziyod anor ko`chatlari ekilgan. Besh yuzga yaqin kishining bandligi ta`minlangan. 2025 yilgacha anorzor maydonini 2 ming gektarga etkazish rejalashtirilgan. Anorzor to`liq hosilga kirgach 10 ming tonna mahsulot etishtiriladi.

Davlatimiz rahbari ushbu anorzorni kirib ko`rdi.

«Tepa Xudodan, past bandadan. Erga mehr berib ishlasa, aql bilan ekib, parvarishlasa, albatta o`z natijasini beradi. Hamma sohada mahsulotni qaerga sotishni, mehnat va xarajatga nisbatan ko`proq daromad olishni o`ylash zarur. Buning uchun avvalo ilm kerak. Bozor talabini o`rganadigan, zamonaviy bilimlarni tatbiq etadigan, mahsulotning hosildorligi va sifatini ta`minlaydigan kim - kadrlar. Shuning uchun anorchilik bo`yicha ham mutaxassislar tayyorlashga e`tibor berish kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.

Anorchilik bo`yicha ilmiy markaz, Farg`ona davlat universitetida kafedra tashkil etish, Innovasion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda gen texnologiyasini rivojlantirish zarurligi ta`kidlandi.

O`zbekiston anori bo`yicha brend yaratish, Farg`ona viloyatida yaqin yillarda anorzorlarni 20 ming gektarga etkazish, ko`chatchilikni kengaytirish, danaksiz anor navlarini o`zlashtirish bo`yicha topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar