AsosiyDunyo

Xitoy chinni vazasi 827,000 AQSh dollariga sotildi

'Xitoy chinni vazasi 827,000 AQSh dollariga sotildi'ning rasmi

Fransiya poytaxti Parij shahridagi auksionda noyob xitoy vazasi kimoshdi savdosiga qo`yildi, deya xabar berdi TASS nashri.

Uning savdosi rekord darajani qayd etgan.

Kimoshdi savdosiga qo`yilgan vaza 18-asrda Xitoyda yasalgan. U Xitoy imperatori – sulolaning oltinchi vakili Syanlun uchun maxsus tayorlangan. Uning o`ziga xosligi esa chinnida g`arbning badiiy texnikasi va an`anaviy chiziqlardan foydalanilgan. Unda qarag`ay daraxti tasviri va xitoyliklar tomonidan uzoq umr ramzi sanaladaigan ba`zi ramzlar bor. Chinni buyum fransuz qishloqlaridan birida uyning shift qismidan tasodifan topilgan.

Mazkur topilma, ayniqsa, kolleksionerlar orasida katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Xitoy vazasi 827,000 AQSh dollari miqdorida baholangan. Xaridorning kimligi oshkor qilingani yo`q. Bu narx esa chinni biyumlar savdosi uchun rekord daraja deya baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar