AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev to`y kortejini to`xtatib, kelin-kuyovni taksiga o`tqazib yuborgan Yoshlar ittifoqi raisini keskin tanqid qildi

'Shavkat Mirziyoev to`y kortejini to`xtatib, kelin-kuyovni taksiga o`tqazib yuborgan Yoshlar ittifoqi raisini keskin tanqid qildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishi davomida Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi raisini savolga tutib, vodiyda to`y kortejini to`xtatib, kelin-kuyovni taksiga o`tqazib yuborgan Yoshlar ittifoqi rahbarining harakatlariga munosabat bildirdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Balandparvoz gaplar, to`ylarni yo`lda to`xtatish menga kerak emas. To`ylarni yo`lda to`xtatgandan ko`ra, senga o`xshagan yoshlarning kattalari, dunyoqarashlaringni o`zgartiringlar. Men to`y masalasini, u bir yilda bo`lmaydi, nima uchun cho`zyapman, muhit paydo bo`lishi kerak oldin. Prezident aytdi deb to`yni to`xtatish, bu Prezidentga xiyonat,» – dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezidentning Farg`ona viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar