QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Shahar yo`lovchilar tashish transportida yo`l haqini hisobga olish va to`lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to`g`risida»gi qarori loyihasi e`lon qilindi, deb xabar bermoqda «Norma».
Hujjat umumfoydalanishdagi shahar yo`lovchilar tashish transportida (taksidan tashqari), shu jumladan metropolitenda yo`l haqini hisobga olish va to`lashning avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi o`rinlarda – YTAT) joriy etishga yo`naltirilgan.
To`lovlarni offlayn va onlayn (ePOSni hisobga olgan holda) rejimlarda o`tkazish maqsadida tizimni Yagona umumrespublika prosessing markazi prosessingi hamda «Uzcard» to`lov tizimi bilan birlashtirish rejalashtirilmoqda. Loyihaning ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda, prosessing uchun vositachilik haqini o`tkazma summasining 0,1 foizidan ko`p bo`lmagan miqdorda belgilash taklif etilmoqda.
Loyihani amalga oshirish jarayonida metropolitenda YTATni joriy qilish ehtiyojlarini hisobga olgan holda turniketlarni yangilash rejalashtirilmoqda.
O`quvchi yoshlar, IIV, Mudofaa vazirligi xizmatchilari va pensionerlar uchun «ID Card» personallashtirilgan kartalarini joriy qilish rejalashtirilmoqda, keyinchalik ulardan imtiyozli transport kartasi sifatida foydalaniladi.
Loyiha o`zgartirilishi, unga qo`shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.






