Ko`pchilik Ramazon hayiti haqidagi Prezident qarorini noto`g`ri talqin qilib, barcha o`zbekistonliklarga 3 kunlik dam olish kuni e`lon qilindi deyishmoqda, deb yozadi huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiev.
Bloger o`z Telegram kanali orqali ma`lum qilishicha, haftasiga 5 kun ishlaydigan, ya`ni rasman shanba dam olish kuni bo`lganlar 3 kun dam oladi. Rasman shanba ish kuni bo`lganlar esa, 15 iyun — juma kuni dam olib, 16 iyun — shanba kuni ishga chiqishlari lozim.

Qarorda 15-17 iyun «Bayram sifatida keng nishonlansin» deyilgan. Bu «dam olish kuni deb e`lon qilinsin» degani emas, deb ta`kidlagan bloger.






