12 iyun kuni Namangan viloyatining Pop tumanida “DAF” rusumli yuk mashinasi Qamchiq dovonidan tushayotgan vaqtida haydovchi boshqaruvni eplay olmay yo`l o`rtasida turgan temir to`siqqa urilgan. So`ngra qarama-qarshi yo`nalishga o`tib yo`l chetidagi temir to`siqlarni buzib jarlikka tushib ketgan.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yuk avtomashinasi to`liq yonib ketgan. Haydovchi voqea joyida halok bo`lgan.






